“Biz dunyo bo'ylab bolalarning tashvishlariga sherikmiz, chunki Qorbobo keksa odamlar uchun xavfli bo'lishi mumkin. Ammo aytishim mumkin, Qorbobo bu virusga qarshi immunitetga ega. Biz u bilan ozgina suhbatlashdik, u hammasini yaxshi ekanligini aytdi. Qorqiz ham yaxshi. Va dunyodagi ko'pgina davlatlarning rahbarlari Qorbobo o'z havo hududiga kirishi uchun karantin cheklovlarini yumshatganliklarini aytishdi. Shunday qilib u barchaga sovg'alarni ulashadi”, — dedi Kerkxove.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, ayni paytda bolalar Qorbobo bilan masofani saqlash va ota-onalarining barcha gigiena talablarini bajarish zarurligini unutmasliklari kerak.