Uning taʼkidlashicha, agar koronavirus qayta avj olsa, insoniyat kasallikning yangi toʻlqiniga tayyor emas. “Biz hozir pandemiyaning oʻrtasidamiz, — deydi JSST bosh direktori. — Agar yangi mutatsiya paydo boʻlsa, bunga har tomonlama hozir boʻlishimiz shart!”. Shu bois T. Gebreyesus barcha mamlakatlarni COVID-19ga qarshi kurashish borasidagi tavsiyalarga qatʼiy amal qilishga chaqirdi. Xususan, kasallikka qarshi emlash koʻrsatkichlarini oshirish zarur. Bu pandemiya yangi toʻlqini boshlanishining oldini olishga xizmat qiladi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ayni paytda “omikron” shtammining VA.5 varianti insoniyat salomatligiga koʻproq xavf solib turibdi.

Ushbu mutatsiya ancha yuqumli va ogʻir asoratlarni keltirib chiqarishi bilan ajralib turadi. Jumladan, u, avvalo, 60-65 yoshdan oshgan, emlanmagan aholi qatlami, qolaversa, ortiqcha vaznga ega va qandli diabet, buyrak yetshmovchiligi kabi surunkali kasalliklarga chalinganlar uchun jiddiy xavf tugʻdirishi mumkin.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
matbuot xizmati.