Ma'lum qilinishicha, o'tgan haftada dunyoda COVID-19 oqibatida hayotdan ko'z yumganlar soni 5-11 sentyabr` sanalariga nisbatan 22 foizga kamaygan. Bu 2020 yilning mart oyidan buyon qayd etilgan eng past ko'rsatkichdir. Shuningdek, kasallikka chalinganlar miqdori ham 28 foiz pasaygan. Ya'ni o'tgan hafta davomida 3,1 million nafardan ziyod kishiga koronavirus tashxisi qo'yilib, ulardan qariyb 11 ming nafari vafot etgan.
“Biz avval pandemiya yakuniga bu qadar yaqin kelmagandik, — deydi JSST rahbari. — To'g'ri, hali koronavirus yo'qotish va talafotlarni keltirib chiqarishda davom etmoqda. Ammo hademay uni to'liq jilovlashga muvaffaq bo'lamiz”.
Tahlillarga ko'ra, kasallikni yuqtirish bilan bog'liq asosiy pasayish dinamikasi G'arbiy Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida kuzatildi — 36 foiz. SHuningdek, bemorlar soni Afrikada 33 foiz, Shimoliy va Janubiy Amerikada 27 foiz, Evropada 31 foiz, Janubi-Sharqiy Osiyoda 25 foiz kamaygan. O'lim ko'rsatkichlari ortishi esa faqat Afrika qit'asi davlatlarida kuzatilgan xolos — 10 foiz.
5-11 sentyabr` kunlari infektsiyani eng ko'p yuqtirgan bemorlar Yaponiyada ro'yxatga olindi — qariyb 538 ming nafar. Keyingi o'rinni 436 mingga yaqin ko'rsatkich bilan Janubiy Koreya band etdi. AQSH esa 430 mingdan ziyod holat bilan uchinchi pog'onaga ko'tarildi.
Dunyoda COVID-19dan o'lim ko'rsatkichlarining katta qismi AQSHda qayd etildi — 2 ming 306 nafar. Ikkinchi o'rinda — Yaponiya. Mamlakatda hafta davomida 1,6 mingdan ziyod bemor xastalikdan vafot etdi. Rossiyada esa bu ko'rsatkich 637 nafarni tashkil etdi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.