“Biz o‘sish sur’atlaridan tashvishdamiz, — deydi JSST eksperti Mariya Van Kerxove. — Chunki hozirgacha ma’lum variantlar orasida XBB.1.5 ning yuquvchanligi yuqori. Xavotirli jihati, u dunyoda koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqiniga sabab bo‘lishi mumkin".
Tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus ham 2022-yil oxirida aniqlangan mazkur mutatsiya haqida to‘xtalar ekan, u “omikron” BA.2 versiyasining rekombinanti ekanligini ta’kidladi.
“Dunyo bo‘ylab kasallanishning yangi to‘lqini kutilmoqda, — deydi u. — Ammo bu o‘lim ko‘rsatkichlari oshishiga olib kelmasligiga ishonamiz. Chunki biz o‘tgan davrda mazkur virusga qarshi kurashish borasida yetarli tajriba to‘pladik”.
Shundan kelib chiqib, mutaxassislar SOVID-19ga qarshi buster dozada emlanish eng to‘g‘ri chora ekanini ta’kidlamoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati