JSST: yolg'izlik sog'liq uchun global tahdidga aylanmoqda

    Uning xavfi kuniga 15 ta sigaret chekishdan kam emas, semizlik va jismoniy faollikning yetishmasligidan ham kattaroqdir.

    Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti yolg'izlik dunyo bo'ylab odamlarning sog'lig'iga tahdid solayotgani va kuniga 15 ta sigaret chekish kabi zararli bo'lishi mumkinligini ogohlantirmoqda. Bu haqida tashkilotning yolg'izlik va ijtimoiy izolyatsiya oqibatlarini o'rganuvchi ijtimoiy aloqalar komissiyasi hamraislari ma'lum qildi, deb yozmoqda Uzreport.news.

    — Yolg'izlik chegarasi yo'q, sog'liq, farovonlik va rivojlanishning barcha jabhalariga ta'sir etuvchi sog'liq uchun global tahdidga aylanmoqda, — deya komissiya hamraislaridan biri, afrikalik Chido Mpemba so'zlaridan iqtibos keltirgan Guardian.

    Tashkilotga hamraislik qiluvchi amerikalik jarroh, general Vivek Mertining so'zlariga ko'ra, yolg'izlikning sog'liq uchun xavfi kuniga 15 ta sigaret chekishdan kam emas, semizlik va jismoniy faollikning yetishmasligidan ham kattaroqdir. Uning ta'kidlashicha, yolg'izlik ko'pincha rivojlangan mamlakatlarda muammo sifatida ko'riladi, biroq hozir dunyoning barcha mintaqalarida har to'rtinchi keksa kishi ijtimoiy jihatdan izolyatsiya qilingan, deb yozadi The Guardian.

    JSST shuningdek, ijtimoiy aloqalarning odamlar salomatligiga ta'sirini o'rganish bo'yicha yangi komissiya tuzilganini e'lon qildi. Unga 11 nafar siyosatchi va faollar kirgan. Komissiyaning amal qilish muddati uch yilni tashkil qiladi.