Juqorg'i Kenges Raisi faollar bilan uchrashdi

    Qoraqalog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi Amanbay Orinbaev Amudaryo tumanining «Qilichboy» ovulida mahalla faollari, ko'chaboshchilari va nuroniy oqsoqollari bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda Amudaryo tumanidagi mahallalarni keng ko'lamda obodonlashtirish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga har tomonlama echim topish choralari Qilichboy mahallasidan boshlanishi aytib o'tildi.

    Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki mablag'lari evazidan amalga oshiriladigan dastur bo'yicha «Qilichboy» suv taqsimlash qurilmasini rekonstruktsiya qilish hamda «Qilichboy», «Ayoqchi», «Xizr eli» ovul va mahallalari hududida jami 40 km. uzunlikdagi ko'chalarga suv tarmog'ini tortish ishlarini jadallashtirish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.

    O'z navbatida mahalla faollari va nuroniylar ovulga qaratilayotgan alohida e'tibor uchun, hudud ahlining farovon turmush kechirishiga munosib sharoit yaratilayotgani uchun minnatdorlik izhor etdi.