Jurnalist Farida Usmonova 100 yoshida vafot etdi

    Tashvishli xabar 26 Iyun 2021 764

    Bugun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, jurnalist Farida Usmonova vafot etdi.

    Bu haqda uyushma axborot xizmati xabar berdi.

    Farida Usmonova 1921-yil 23-yanvarda Fargʻona viloyatining Qoʻqon shahrida tugʻilgan. 1957-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.

    Taniqli jurnalist Farida Usmonova uzoq yillar davomida oʻzbek matbuotida mehnat qilgan. Qalbi daryo insonlar haqida koʻplab ocherklar yozgan. Uning “Bahor malikasi”, “Inson qadri”, “Mehri daryolar” singari risolalari eʼlon qilingan. Adibaning “Dil faryodi” romani, “Qiz kelin” qissasi chop etilgan. “Sinov”, “Ona bagʻri” dramalari sahnalashtirilgan.

    Farida Usmonova 2021-yilning 23-yanvar kuni tabarruk 100 yoshni qarshilagandi. U kecha — 25-iyun kuni Prezident farmoni bilan “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan edi.

    Janoza bugun Qibray tumani Alisherobod mahallasida peshin namozidan soʻng oʻqiladi. Marhuma Yalangʻoch qabristoniga dafn etiladi.