U Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi boʻlib, “El yurt hurmati” ordeni, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvonlari bilan taqdirlangan.
Nazirjon Saidov 1948-yilda Oltinkoʻl tumanida tavallud tugʻilgan. 1979-yilda Toshkent davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Ijodiy faoliyatini davomida 1970-yilda Andijon tuman ijroiya qoʻmitasi muassisligidagi “Kommunizm tongi” (hozirda “Andijon tongi”) gazetasida adabiy katta adabiy xodim vazifasidan boshlagan. Turli yillarda muxbir, boʻlim mudiri va muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 1978-1984-yillarda Oltinkoʻl tumanidagi “Kommunistik mehnat uchun”, 1999-yildan 2004-yilga qadar “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari muharriri sifatida faoliyat yuritgan.
Nazirjon Saidov 1984-yildan 1999-yilga qadar hokimlik tizimida ishlagan boʻlib, 1984-yildan Oltinkoʻl tumani ijroiya Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 1990-1993-yillarda Oltinkoʻl tuman hokimi, 1993-1999-yillarda Andijon viloyat hokimining oʻrinbosari, kotibiyat mudiri lavozimlarida ishlagan. 2008-2021-yillarda Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi Andijon viloyat boʻlimi rahbari sifatida ish olib borgan.
Faxriy jurnalist 2001-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, 2019-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. II chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati boʻlgan.