Jurnalistik tekshiruv muhofazasi yana bir qonunchilikda mustahkamlanmoqda

    «Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslarni himoya qilish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.

    Qonundan koʻzlangan maqsad – korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish, halollik standartini joriy qilish va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida jamiyat manfaatlarini koʻzlab xabar bergan shaxslarni himoya qilish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrish va ularni himoya qilish bilan bogʻliq boshqa munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

    Qonunga koʻra Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar beruvchilarning xavfsizligi DXX, IIV, Milliy gvardiya va ularning hududiy organlari tomonidan taʼminlanadi.

    Shuningdek, jurnalistik tekshiruvni oʻtkazish jarayonida aniqlangan korrupsiya holatlari haqida xabar bergan ommaviy axborot vositalari vakillari ham ushbu qonunda belgilangan himoya choralaridan foydalanishlari mumkinligi belgilanmoqda.