Jurnalistlar Angren ko'mir koniga sayohat qildi

    Sanoat 28 Sentabr 2020 3755

    Toshkent viloyati hokimligi va «O'zbekko'mir» AJ Axborot xizmatlari hamkorligida jurnalistlar uchun media tur tashkil etdi.

    Unda TV, bosma va elektron nashr vakillari “O'zbekko'mir” AJ “Angren”, “Apartak” ochiq ko'mir konlari hamda "SHaxta usulida ko'mir qazib olish konlaridan ko'mir qazib olish, ularni saralab iste'molchiga etkazishgacha bo'lgan jarayonlar, shuningdek, kuz-qish mavsumida aholi va byudjet tashkilotlarini ko'mir bilan doimiy ravishda ta'minlashda ko'rilayotgan choralar bilan yaqindan tanishdi.

    "Angren" konida ko'mir bilan birga yo'l-yo'lakay kaolinli gil (oqgil) ham qazib olinadi.

    Angren" ko'mir koni asosiy ishlab chiqarish maydoni bo'lib, ushbu konda ko'mir qatlami 60 metrgacha va chuqurligi 130 dan 150 metrgachadir.

    Bugungi kunda ko'mir ochiq usulda qazib olinadigan "Angren" koni O'zbekistonda qattiq yoqilg'i ishlab chiqarish hajmining 85 foizini ta'minlaydi. Bu erda qo'ng'ir ko'mir qazib olinadi.

    "Angren" konida ko'mir bilan birga yo'l-yo'lakay kaolinli gil (oqgil) ham qazib olinadi.

    Media-tur ishtirokchilari, haybatli texnikalar yordamida ochiq usulda ko'mir kovlab olayotgan “Angren ko'mir koni”dagi ishchilarning zahmatli mehnatini kuzatishdi.

    Ma'lumot o'rnida aytish mumkin, 2020/2021 yillar kuz-qish mavsumi uchun «O'zbekko'mir» AJ tomonidan ko'mir Respublika byudjet tashkilotlariga - 405,4 ming tonna (1 noyabrgacha), aholi ehtiyojlari uchun - 600 ming tonna (1 dekabrgacha) etkazib berish rejalashtirgan.

    "Angren" konida qazib olinayotgan ko'mir Respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlari, byudjet tashkilotlari hamda aholi ehtiyojlari uchun etkazib beriladi. Angren va YAngi-Angren issiqlik elektr stantsiyalari asosiy iste'molchilardir. Angren ko'miri byudjet tashkilotlari va aholi ehtiyojlari uchun, shuningdek, birja orqali tadbirkorlik tuzilmalariga ham etkazib berilmoqda.

    YAna bir manzil –“Jigariston” temir yo'l stantsiyasi bo'ldi

    Tadbirda jurnalistlar ko'mir qatlamini ochish va qazib olish, saralash jarayonlaridan tashqari ularni konveyerga tushirish jarayoni bilan ham tanishdilar.

    YAna bir manzil- ko'mir 0-50 mm, 50-300 mm fraktsiyalarga bo'linib, vagonlarga ortilayotgan va yuborilayotgan "Jigariston" temir yo'l stantsiyasida bo'lishdi.

    Media-tur davomida "O'zbekko'mir" AJ direktorining o'rinbosari Aleksandr Korchagin tomonidan konni rivojlantirishga katta sarmoyalar kiritilayotgani to'g'risida hamda mablag'lar asosan uskunalar - tsiklli oqim texnologiyalari va yirik "BelAZ" samosvallarini sotib olishga yo'naltirilayotgani haqida jurnalistlarga ma'lumot berib o'tdi.

    “Geologiya qidiruv ekspeditsiyasi” filiali Angren ko'mir havzasida ko'chkilar bilan bog'liq xavfsizlikni ta'minlash, er osti va er usti suvlarini nazorat qilish, ko'mir qazib olish jarayonida ko'mir qatlamlari yotqiziqlariga aniqlik kiritish, nodir va noyob metallarni qidirish bilan shug'ullanar ekan, ayni paytda “qora oltin”ga tenglashtirilgan mahsulotning yangi konlarini o'zlashtirish borasida ham ishlarini davom ettirmoqdalar.

    Media-tur doirasida OAV vakillari o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

    Marg'uba Sultonova,

    Toshkent viloyati hokimligining Axborot xizmati mutaxassisi