Bugun, 10 dekabr` kuni Andijon shahrida o'tkazilgan O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Andijon viloyati bo'limining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda Andijon viloyat bo'limiga 14 yil mobaynida rahbarlik qilib kelgan Nazirjon Saidov salomatligidagi muammolar sababli o'z arizasiga ko'ra, egallab turgan vazifasidan ozod qilindi.
O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Andijon viloyati bo'limi raisi lavozimiga o'tkazilgan saylovda to'rt nomzod ichida Artikova Maxpuraxan Mamadalievna — Andijon tumani hokimligining "Andijon tongi" gazetasi muharriri eng ko'p ovoz bilan Uyushmaning viloyat bo'limi raisi etib saylandi, deya xabar berdi O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi mutasaddilari.