Uchrashuvda Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat boʻlimi raisi Muxiddin Abdurahmonov baʼzi jurnalist va OAV xodimlari Termiz shahrida ijarada yashayotganligi, tumanlardan qatnab ishlayotganligi toʻgʻrisida gapirdi.
Viloyat hokimi masalaga jiddiy yondoshib, taklif asosida tez kunlarda Termiz shahrida Matbuot uyiga yaqin manzillardan birida kam taʼminlangan jurnalistlar, OAV xodimlari uchun alohida uy qurilishiga vaʼda berdi. Ijodkorlar uchun qurilayotgan uy qalam ahlining ishlashi uchun qulay sharoitlarga ega boʻlib, xonadon uchun boshlangʻich toʻlov badali hokimiyat tomonidan toʻlab beriladigan boʻldi.
Mastura Xamrayeva,
OʻZIU Surxondaryo viloyat boʻlimi mutaxassisi.