Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Н.З. fuqaro Р.А.нинг Nukus shahridagi noturar binosi kadastr hujjatlarini tanishlari yordamida rasmiylashtirib berishi evaziga 5 mln soʻmini qoʻlga kiritib, yana 1,8 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Н.З.нинг koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda Kadastr agentligining Moʻynoq tuman boʻlimi boshligʻi С.А. fuqaro Р.А.нинг noturar binosi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga Н.З. orqali qoʻlga kiritgan 5 mln soʻmni qaytarib berayotgan vaqtida ushlanib, ushbu bino kadastr hujjatlari va 5 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.