Kadastr sohasi bilan bog'liq murojaatlar qanday hal etilmoqda?

    AOKAda o'tkazilgan brifingda Kadastr agentligi boshqarma boshlig'i Odil Mahmudov sohaga oid murojaatlar tahlili yuzasidan ma'lumot berdi.

    2022 yil1 oktyabr holatiga Kadastr agentligiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Bosh vazir qabulxonalari, Bosh prokuratura va Xotin-qizlar ishonch telefonlari, to'g'ridan-to'g'ri yoki boshqa tashkilotlar orqali, shuningdek, Tadbirkorlarni qo'llab- quvvatlash uchun tashkil etilgan eksport portali hamda Agentlikning ishonch telefoni orqali 17 421 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 12 795 tasi (76,0 foizi) qanoatlantirilgan, 3 737 tasi (22,2 foizi)ga umumiy tushuntirish berish orqali ko'rib chiqilgan, 304 tasi (1,8 foizi)ga qonun hujjatlari asosida rad etildi. 392 ta murojaat ko'rib chiqish jarayonida.

    Agentlik direktori va o'rinbosarlari tomonidan 9 oy davomida 14 ta hududda sayyor qabullar tashkil etildi. Ushbu sayyor qabullar davomida, 550 dan ortiq fuqaro va tadbirkorlar ishtirok etib, shundan ko'rib chiqish uchun ijroga qaratilgan 338 ta murojaatning 71 foiz masalasi hal etilib, ijobiy ko'rib chiqildi. SHu bilan birga, 2022 yilning o'tgan davrida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatini ko'rib chiqishda kamchilik va qonunbuzarliklarga yo'l qo'ygan rahbar va mas'ul xodimlarga nisbatan 32 ta jarima va 142 ta hayfsan, jami 174 ta intizomiy jazo choralari qo'llanilgan.

    Fuqarolarimiz kadastr pasportini shakllantirish, davlat ro'yxatidan o'tkazish, ma'lumotnomalar olish, geodeziya, kartografiya va topografiya faoliyatiga litsenziya olish bilan bog'liq va boshqa yo'nalishlarda kadastr xizsmatlaridan foydalanish uchun to'g'ridan-to'g'ri Davlat xizmatlari markazlari va bevosita my.gov.uz sayti yoki “Litsenziya axborot tizimi” orqali ariza qoldirishi mumkin.