Kadastr tizimida “tozalash ishlari” boshlandi

    Voqea-hodisalar 13 Iyul 2020 1418

    Davlat idorasida ishlayotgan har bir inson o'z zimmasiga katta mas'uliyatni oladi. 

    Xalqimizga beminnat, halol mehnat qilish va bu orqali ularning ishonchini qozonishdan ko'ra lavozimini suiste'mol qilib, o'z ishiga mas'uliyatsizlik va sovuqqonlik bilan qarayotgan, tizim idoralarida etarli darajada ishni tashkil etmasdan, aksincha o'z nafsini o'ylaganlar ming afsuski oramizda mavjud.

    Har bir davlat idorasi bundaylardan holi maydonga aylanmas ekan xalq ishonchini qozonib bo'lmaydi.

    10 iyul` kuni kadastr yo'nalishida ham yuqorida ta'kidlab o'tilgan holatlarga yo'l qo'ygan respublika, viloyat va tuman miqyocidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

    Bu boshlanishi! Sohaning rivojiga to'siq bo'layotgan har bir muammoni echish qo'mita oldida turgan pirovard maqsad bo'lib, mana shunday xodimlar doimiy nishonda bo'ladi, deb xabar bermoqda