Natijada ular gipertoniyaga chalingan bemorlar bu ichimlikni muntazam ravishda ichishlari kerak degan xulosaga kelishdi.

Gap shundaki, kakaoda koʻp miqdorda flavanollar mavjudligi sababli qon bosimini pasaytirish xususiyatiga ega. Tadqiqotchilar kakaoning foydasini ovqat hazm qilish tizimida flavanollarning soʻrilishining oʻziga xos xususiyatlari bilan izohlaydilar.

Dastlab, ularning kamroq qismi ingichka ichakda soʻriladi, bu bosimning pasayishining birinchi bosqichini yuzaga keltiradi. Shundan soʻng ikkinchi va koʻp qismi u yerda yashovchi foydali bakteriyalarning taʼsiri tufayli katta ichakda soʻriladi. Bu esa qon bosimini pasayishiga xizmat qiladi.

Olimlar, shuningdek, kakao qon tomirlarining devorlarini yanada qayishqoq qilishini aniqladilar. Bu esa ateroskleroz rivojlanishining oldini olish imkonini beradi, deb xabar beradi aif.ru.