San-Fransiskodagi Federal okrug sudiga berilgan 22 sahifalik shikoyatda Tramp federal qonun va Konstitutsiyani buzganligi aytilgan. Shtat suddan Milliy gvardiyani joylashtirishni to'xtatishni va ular ustidan nazoratni gubernatorga qaytarishni so'radi.
“Tramp bir necha bor favqulodda vakolatlardan qonuniy ijro etuvchi hokimiyat chegaralaridan oshib o'tish uchun foydalangan. 7-iyun, shanba kuni u yana bir misli ko'rilmagan hokimiyatni qo'lga kiritish uchun, bu safar Kaliforniya suvereniteti evaziga va gubernatorning vakolati va shtat Milliy gvardiyasi bosh qo'mondoni roliga zid ravishda mahalliy nazorat ostidagi norozilik namoyishidan foydalandi.
AQSh Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) noqonuniy muhojirlarga qarshi o'tkazgan reydlari ortidan ommaviy tartibsizliklar avj olgan va AQSh hukumati Kaliforniyaga 2000 nafar milliy gvardiyachi va 700 dengiz piyodasini jo'natdi, o'nlab odam hibsga olindi. Namoyishlar Los-Anjeles va San-Fransiskoga tarqaldi. Namoyishchilarni tarqatish uchun ko'zdan yosh oqizuvchi gaz va granatalardan foydalanilgan. Gubernator Oq uy qarorini noqonuniy deb atadi va Milliy gvardiyani zudlik bilan chaqirib olishni talab qildi, deb xabar beradi rbc.ru.









