Kaliforniya gubernatori zilzila tufayli favqulodda holat e'lon qildi

    Kaliforniya gubernatori (AQSh) Gevin Nyusom 7 magnitudali zilziladan keyin Del-Norte, Gumboldt va Mendosino okruglarida favqulodda holat e'lon qildi.

    “Bugun favqulodda holat e'lon qilish ertalabki zilzila uchun favqulodda choralar ko'rish uchun zarur bo'lgan joylarga ko'proq resurslarni yo'naltirish imkonini beradi. Shtatimizda ishonchli tizim yaratilganidan minnatdorman, u qanday ishlashi kerak bo'lsa, shunday ishladi, odamlarning xavfsizligi va xabardorligini ta'minladi”, dedi gubernator.

    AQSh Geologiya xizmatining xabar berishicha, 5-dekabr kuni ertalab Kaliforniya shimolida, Mendosino burni yaqinida 7,0 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Keyin bir necha o'nlab aftershoklar qayd etildi, deb xabar beradi rbc.ru.