Kaliforniyadagi ko'l juda qimmatli element, “oq oltin” deb ataladigan litiyga boy. Bu haqda AQSh energetika vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan ulkan Solton-si suv havzasi ostida qancha litiy borligini tahlil qilish bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotda aytiladi, deb xabar beradi UNILAD.
Ilgari suv havzasi tubida to'rt million tonnaga yaqin litiy borligi taxmin qilingan edi, biroq o'tgan yili u yerda aslida 18 million tonna bo'lishi mumkinligi aniqlandi.
Nashrning qayd etishicha, bu miqdor elektromobillar uchun 382 milliondan ortiq akkumulyatorni quvvatlantirish uchun yetarli bo'ladi.
UNILAD o'tgan yil holatiga ko'ra, bir metrik tonna litiy taxminan 29 000 dollarga tushganini eslatib o'tdi, Solton-si 540 milliard dollarlik zaxiraga ega bo'lishi mumkin.
Tadqiqot mualliflaridan biri, Kaliforniya universiteti geokimyo professori Maykl MakKiben “bu dunyodagi eng yirik litiy sho'r konlaridan biri” ekanligini ta'kidladi, deb xabar beradi unian.net.
“Bu Amerika Qo'shma Shtatlarini litiy bilan o'zini to'liq ta'minlashi va uni Xitoy orqali import qilishni to'xtatishi mumkin”, deb ta'kidladi tadqiqotchi.