Moss-Lendinga va Elkxorn-Slau hududi aholisi uylarini tark etishga majbur bo'ldi.
Zavod San-Fransiskodan 124 kilometr janubda joylashgan va Texasning Vistra Energy kompaniyasiga tegishli. Zavodda o'n minglab litiy batareyalari saqlanadi. Agar batareyalar yonib ketsa, yong'inni o'chirish nihoyatda qiyin bo'ladi, deyiladi maqolada.
Yong'inga nima sabab bo'lgani hozircha noma'lum. Vistra matbuot bayonotida yong'in aniqlangandan so'ng barcha ishchilar xavfsiz evakuatsiya qilingani aytiladi. Yong'in o'chirilgach, tergov boshlanadi.
17-yanvar kuni yong'in sababli atrofdagi barcha maktablar va idoralar yopiladi, deb xabar beradi report.az.