Hindistonning Maxarashtra shtatida yashovchi 14 yoshli Aaryan Shukla og'zaki hisob-kitobda o'zining aqlbovar qilmaydigan aqliy salohiyatini namoyon etib, bir kunda oltita Ginnesning rekordlarini o'rnatdi. Allaqachon “kalkulyator-odam” nomi bilan tanilgan bolakay o'zining oldingi yutuqlarini takomillashtirib, dunyodagi eng iqtidorli matematiklardan biri sifatidagi maqomini mustahkamladi.
Uning yangi yutuqlari: u 30,9 soniyada 100 ta to'rt xonali sonni, 1 daqiqa 9,68 soniyada 200 ta to'rt xonali sonni, 18,71 soniyada 50 ta besh xonali sonni qo'sha oldi, 20 xonali sonni 5 daqiqa 42 soniyada 10 xonali songa bo'lishga erishdi, ikkita besh xonali sonni 51,69 soniyada, sakkiz xonali ikkita sonni 2 daqiqa 35,41 soniyada ko'paytirdi.
Aaryan bir yil avval italyan teledasturini suratga olish paytida 25,19 soniyada 50 ta besh xonali raqamni qo'sha olgani uchun ilk bor Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan edi. O'shandan beri u o'z mahoratini oshirishda davom etib, har kuni matematikaga 5-6 soat ajratdi. Bolaning otasi o'g'lida bunday qobiliyat qanday paydo bo'lganini tushuntirib bera olmasligini aytdi, deb xabar beradi gazeta.ru.
“Biz oddiy oilamiz. Aaryan milliardda bitta, lekin biz o'zimizni matematik daholar oilasi deb hisoblamaymiz”, dedi u.









