Kaluga viloyatida Mi-28 vertolyoti halokatga uchradi

    Mi-28 vertolyoti Kaluga viloyatida (Rossiya Federatsiyasi) parvoz vaqtida halokatga uchradi, ekipaj halok bo'ldi.

    Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

    “Kaluga viloyatida Mi-28 vertolyoti rejalashtirilgan parvoz paytida qulab tushdi”, deyiladi xabarda.

    Aniqlik kiritilishicha, vertolyot, dastlabki versiyaga ko'ra, texnik nosozlik tufayli halokatga uchradi. Halokat joyida havo-koinot kuchlari komissiyasi ishlamoqda, deb xabar beradi ria.ru.