Kamala Harris rasman AQSh prezidentligiga nomzod sifatida ko'rsatildi

    AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris rasman Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod bo'lganini e'lon qildi.

    Uni avvalroq onlayn ovoz berishda qatnashgan demokrat-delegatlarning 99 foizi qo'llab-quvvatlagan edi. Demokratik partiya milliy qo'mitasi raisi Jeymi Xarrisonning so'zlariga ko'ra, Xarris 4567 partiya delegatining ovozini qo'lga kiritdi.

    AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni bo'lib o'tadi. Demokratik partiyadan amaldagi davlat rahbari Jo Bayden nomzodi ilgari suriladi deb taxmin qilingan edi, ammo iyun oyida Tramp bilan bo'lib o'tgan debatdagi salbiy natijadan so'ng demokratlar o'rtasida Baydenni kurashdan voz kechishga chaqiriqlar kuchay boshladi. 21-iyul kuni u poygadan chiqishga qaror qildi va Harrisning prezidentlik lavozimiga nomzodini qo'llab-quvvatladi, deb xabar beradi tass.ru.