Jumladan: 

- kamida 20 foiz kambagʻal oila aʼzosini bir yil davomida ish bilan taʼminlasa, mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi;

- kambagʻal oila aʼzosi daromad soligʻidan ozod qilinadi;

- 5 million soʻmgacha ish haqi toʻlayotgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga kamaytiriladi.

Shuningdek, dasturda qatnashadigan tadbirkorlar soliq va bojxona maʼmurchiligida yengilliklar oladi. Xususan:

- ular faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi;

- ularga qoʻshilgan qiymat soligʻi, shuningdek, ortiqcha toʻlangan soliqlar tekshiruvsiz qaytarib beriladi;

- qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha guvohnoma muddatidan ilgari bekor qilinmaydi;

- barcha soliqlardan qarzdorlikni bir yilgacha kechiktirib toʻlash imkoni beriladi;

- bojxona toʻlovlarini sugʻurta kafolatisiz olti oyga boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi.