Bu haqda Prezidentning 2024-yilning 23-sentyabrda qabul qilingan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorida belgilangan qabul qilindi.

Qarorga koʻra, quyidagilar amalga oshiriladi:

  • 2025-yil 1-yanvardan kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;
  • 2025/2026 oʻquv yilidan, kambagʻal oilalar farzandlarining davlat OTM talabalar turar joylaridagi yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi;
  • 2025-yildan “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan kambagʻal oilalarning farzandlari uchun alohida kvotalar ajratiladi.

Shuningdek, AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB biriktirilgan rahbarlarning xulosasi asosida:

  • kambagʻal oilalarga noutbuk sotib olish uchun 5-yil muddatga 2-yil imtiyozli davr bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi;
  • tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun qiymati 30 mln soʻmgacha boʻlgan kichik ishlab chiqarish uskunalari, koʻchma doʻkonlar (food truck), motoroller, skuter va shu kabi boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun 5-yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan garovsiz va foizsiz qarz ajratiladi.