“Ogʻir” mahallalarga daromad keltiradigan aktiv sifatida 300–500 kVt soat quvvatdagi kichik quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirish hamda mazkur loyihani moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan 110 mln AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan.
Qarorga koʻra, 1 oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi kiritilishi belgilandi:
- kichik quyosh elektr stansiyalarini barpo etish ishlarini qonunchilikda belgilangan tartibda loyihalashtirish, davlat ekspertizasidan oʻtkazish, tender asosida pudrat tashkilotini aniqlash hamda qurilish-montaj ishlarini tashkil etish;
- kichik quyosh elektr stansiyalarini foydalanishga qabul qilish hamda boshqarish;
- kichik quyosh elektr stansiyalaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash.