Shu bilan birga, global miqyosda ushbu maqsadlarga erishish uchun rivojlanayotgan davlatlarga yiliga 4 trillion dollardan ziyod mablagʻ zarur.
Bunday sharoitda xavf-xatarlarni obyektiv baholash, moliyaviy resurslarni jalb qilish, ularning samaradorligini oshirish boʻyicha “kambagʻallikka qarshi kurashning yangi moliyaviy arxitekturasi”ga ehtiyoj sezilmoqda.
Ushbu masalalarga yechim topish maqsadida Prezidentimiz 2026-yilda koʻhna Xiva shahrida xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar va hamkor davlatlar ishtirokida yuqori darajadagi konferensiya oʻtkazishni taklif qildi.
«Inson qadrini ulugʻlash orqali ularga munosib sharoit yaratish, bu borada kambagʻallikni qisqartirish – Yangi Oʻzbekistondagi barcha islohotlarning zamirini tashkil qiladi.
Bir narsaga aminman: Oʻzbekiston ortga qaytmas islohotlar yoʻlidan qatʼiy borib, kambagʻallikni qisqartirish borasida ham, Barqaror rivojlanish maqsadlariga toʻliq erishish boʻyicha ham barcha majburiyatlarini bajarishga harakat qiladi», — dedi soʻzining yakunida davlatimiz rahbari va anjuman ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.