Qarorga koʻra, quyidagi nizomlar tasdiqlandi:
- Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisida;
- Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya, grant va ssudalar ajratish tartibi toʻgʻrisida.
Jamgʻarmaning asosiy maqsadi «Kambagʻal oilalar reyestri«ga kiritilgan oila aʼzolarini bandlik va tadbirkorlik rivojlantirish imkoniyatlariga jalb etishga koʻmaklashishdir. Bu maqsadda ushbu shaxslarga hamda ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi yuridik va jismoniy shaxslarga subsidiya, grant va ssudalar ajratish nazarda tutilgan.
2025-yil 1-oktyabrdan Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan fuqarolarga naqd pul shaklida berilmaydigan subsidiya, grant va ssudalar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.
Nizomga koʻra, yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, sugʻorish vositalari, urugʻliklar va yoqilgʻilar xarid qilish uchun subsidiyalar «Jamgʻarma-tashkilot-talabgor« oʻrtasida tuzilgan tomonlama shartnomalar asosida ajratiladi.
Bunda aholiga quyidagilar uchun subsidiya ajratiladi:
- Yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha;
- Sugʻorish vositalari xaridi uchun – BHMning 10 baravarigacha;
- Urugʻlik va yoqilgʻilar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha.
Talabgor subsidiya olish uchun oʻzining doimiy yashash nazoratidan hokim yordamchisi yoki YAIDX (yagona idora) markaziga hamda «Onlayn mahalla« elektron platformasi orqali murojaat qilishi mumkin.