Viloyat va tuman komissiyalariga hokimlar boshchilik qiladi.

Komissiya har bir viloyatda bittadan tumandagi ishlarni haftalik muhokama qilib, biriktirilgan rahbarlar faoliyatiga baho beradi. Joylarda koʻtarilgan masalalarni zudlik bilan hal qilib boradi. Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha rejalar ijrosi yuzasidan har oyda Prezidentga axborot kiritadi.

Shuningdek, 9 ta iqtisodiy tadqiqot markazlari va oliygohlari ham ilmiy yondashuvlar asosida kambagʻallikni qisqartirish masalalari bilan shugʻullanishi belgilandi.

Yigʻilish davomida mutasaddilarning kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobotlari va rejalari tinglandi.