Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosati takomillashtiriladi

    “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-347-son, 04.10.2024-y.) qabul qilindi.

    Bu haqda Adliya vazirligi maʼlum qildi.

    Qarorga koʻra, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida quyidagilar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan:

    — mehnat bozorini, band va ishsiz aholini tarkibiy tahlil qilish, ishsizlarni manzilli aniqlash va ularning hisobini yuritish;

    — aholi bandligini taʼminlash dasturlarini shakllantirish, boʻsh ish oʻrinlari hisobini yuritish, ishsizlarni ishga;

    — kambagʻallikni qisqartirish;

    — hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;

    — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tugatildi.

    2025-yil 1-dekabrgacha:

    — 50 ta tumanda, 2026-yilda qolgan tumanlarda 50–100 gektardan ijara asosida ajratilgan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bogʻ va uzumzorlar tashkil etiladi;

    — ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida 40 gektar maydonda “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish boʻyicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi.