баннер
21 Mar 2025
17:35

    Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining matbuot kotibi tayinlandi

    Alimova Gulnoza Baxshilloyevna Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining matbuot kotibi – Axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi.

    Maʼlumotlarga koʻra, G. Alimova tayinlovga qadar Xalq bankining Bank brendi va axborot xizmati rahbari – Boshqaruv Raisining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

    Mutaxassisligi boʻyicha xalqaro jurnalist, jamoatchilik bilan aloqalar eksperti. Jurnalistika sohasida filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).

    Oʻz sohasida 20-yildan ortiq tajribaga ega boʻlib, mamlakatimizning yetakchi OAVda muharrirlik, davlat tashkilotlarida axborot xizmati rahbari lavozimlarida ishlash barobarida, jurnalistlar malakasini oshirishda mediatrener sifatida ham faoliyat yuritgan. OTM jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar yoʻnalishi talabalariga 10-yildan buyon tahsil berib kelmoqda.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech