Vulqon kulining Petropavlovskga yetib borishi mumkinligi xabar qilindi.

Klyuchi qishlogʼida (vulqondan 50 km uzoqlikda) 60 yil ichidagi eng kuchli vulqon kuli tushdi.

Joylarda allaqachon kul qalinligi 8,5 smga yetgan. 

Qutqaruvchilar qishloqqa himoya niqoblari bilan borishmoqda. Tumandagi barcha shifoxonalar va ambulatoriyalar kechayu kunduz ishlash rejimiga oʼtkazildi.