Лого Лого-пв-уз

    Kamchatka qirg'oqlarida uch marta zilzila sodir bo'ldi

    Juma kuni Kamchatka qirg'oqlarida uch marta zilzila sodir bo'ldi. Mutaxassislar seysmik hodisani Tinch okeanidagi Ust-Kamchatsk qishlog'idan 100 kilometr uzoqlikda qayd etishdi.

    Birinchi zilzila Kamchatka ko'rfazida sodir bo'ldi, uning magnitudasi 5,2 ni tashkil etdi. Shundan so'ng orol qirg'oqlarida yana ikki bor 3,9 va 5,4 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. “Zilzilaning o'chog'i Tinch okeanida bo'lgan”, dedi mutaxassislar. Seysmik hodisalar manbai dengiz tubida 51 kilometr chuqurlikda joylashgan.

    Qutqaruvchilarning so'zlariga ko'ra, aholi punktlarida zilzila deyarli sezilmagan. Vayronagarchilik va qurbonlar haqida xabar berilmagan, sunami xavfi yo'q, deb xabar beradi mir24.tv.