Kamchatka sohillarida 8,7 magnitudali zilzila sodir bo'ldi

    Kamchatka sohillari (Rossiya Federatsiyasi) yaqinida kuchli zilzila sodir bo'ldi, deb 30-iyul kuni Rossiya Fanlar akademiyasi Yagona geofizika xizmati mahalliy bo'limi xabar berdi.

    Xizmatning Telegram-kanalining xabar berishicha, magnitudasi turli baholarga ko'ra 8,7 ballga yetgan, bu Kamchatka seysmik zonasida 1952-yildan buyon sodir bo'lgan eng kuchli zilzila bo'ldi.

    Kamchatkadagi zilziladan keyin tsunami xavfi e'lon qilindi. Xavfli kuchli sunami, Rossiya Fanlar akademiyasi Geofizika xizmati ma'lumotlariga ko'ra, Kamchatka qirg'oqlarida va Saxalin viloyatidagi Severo-Kurilskda kuzatilgan. Shuningdek, dunyoning turli mamlakatlarida – Yaponiya, Gavayi, AQSh, Meksika va Chilida sunami xavfi e'lon qilindi, deb xabar beradi meduza.io.