Favqulodda vaziyatlar vazirligi qurbonlar va jabrlanganlar yoʻqligini maʼlum qildi. Ammo ayrim binolarda yoriqlar paydo boʻldi.
Ikki qavatli uy yer osti zarbasidan tom maʼnoda titrab ketdi. Boshqa binolarda ham mebel titrab, devor suvoqlari koʻchib, shiftdagi plitkalar tushib ketdi. Odamlar qoʻrquvdan koʻchaga yugurib chiqishdi.
Kamchatkada zilzila mahalliy vaqt bilan taxminan 15:00 da sodir boʻlgan. Uning magnitudasi 6,9 ni tashkil qiladi. Zilzila oʻchogʻi Petropavlovsk-Kamchaskiydan 50 kilometr uzoqlikdagi Avachinskiy koʻrfazida, 100 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Kamchatkada chorak asrdan ortiq vaqt davomida bunday zilzila boʻlmagan. Yarimorol janubidagi doʻkonlardagi yoʻqotishlar hisoblanmoqda. Ular shu qadar larzaga keldiki, tovarlar javonlardan tushib ketdi. Asosiy silkinishdan keyingi silkinishlar kuzatildi.
Zilzila tufayli Petropavlovsk-Kamchaskiyning bir necha mikrorayonlarida elektr energiyasi uzilib qoldi. Biroq keyinroq elektr taʼminoti tiklandi. Hozirda yarim orolda qutqaruvchilarning tezkor guruhlari ishlamoqda – ular binolarga yetkazilgan zarar darajasini tekshirmoqda, deyiladi mir24.tv saytida.