Kamchiliklar bartaraf etilmasa hayvonot bogʻi yopiladi

    Yashil sayyora 24 Noyabr 2020 1241

    Oʻrganish davomida mutaxassislar tomonidan hayvonot bogʻi rahbariga mavjud kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, hayvonot bogʻini yopish masalasi qoʻyildi.

    Joriy yilning 22-noyabrda Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Navoiy shahar hayvonot bogʻidagi jonivorlarning qafaslari abgor holatda ekanligi toʻgʻrisida”gi murojaat Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining Bioxilmaxillik va muhofaza qilish tabiiy hududlar masalalari boʻlimi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasining davlat inspektorlari, Navoiy viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari hamda “GLOBAL MASTER GROUP” MCHJ rahbari Z.Sharipov (zoolog mutaxassisi) hamkorligida hayvonot bogʻida saqlanayotgan jonivorlarning saqlanishi hamda sogʻligi oʻrganildi.

    Oʻrganish davomida Navoiy shahar hayvonot bogʻida 1 bosh sher, 1 bosh boʻri, 1 bosh burgut, 2 bosh qora tasqara, 1 bosh ukki, 1 bosh jayra, 1 bosh nosuxa jonivorlari saqlanayotgani maʼlum boʻldi.

    Bu jonivorlarning sogʻligi viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻrganilib, jonivorlar sogʻlomligi aniqlandi. Bundan tashqari, qush va xayvonlarning saqlanish sharoitlarida kamchiliklar borligi, yaʼni hayvonlar saqlanadigan qafaslarning kichikligi, hayvonlarning ostiga somon yoki boshqa yumshoq toʻshamalar tashlanmagani aniqlanib, ushbu kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish toʻgʻrisida topshiriqlar berildi.

    Oʻrganish davomida mutaxassislar tomonidan hayvonot bogʻi rahbariga mavjud kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, hayvonot bogʻini yopish masalasi qoʻyildi.

    Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi
    Axborot xizmati