YHXB axborot xizmati rahbari Zoir Yoʻldoshevning maʼlum qilishicha, 22-aprel holatiga respublika boʻyicha jami 22 638 nafar haydovchi 5 balldan jarima toʻplagan. Shuningdek, 22 kun davomida 10 ballgacha jarima yiqqan haydovchilar ham qayd etilgan. Qoidalarga ko‘ra, jarima ballari 12 ga yetganda haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilish chorası qoʻllaniladi.

Zoir Yoʻldoshevning taʼkidlashicha, jarima ballarini boshqa haydovchiga oʻtkazish yoki oʻchirish imkoni mavjud emas.

— Yagona yechim — yoʻl harakati qoidalariga rioya qilish, — dedi u.