Kamida besh nafar muhojir Kanar orollari qirg'oqlariga yetib borishga urinib halok bo'ldi

    Kamida besh nafar noqonuniy muhojir Ispaniyaning Kanar orollari qirg'oqlariga yetib borishga urinib halok bo'ldi.

    Bu haqda mamlakat qutqaruv xizmati ma'lum qildi.

    O'tgan yili Kanar orollariga noqonuniy muhojirlarning kelishi bilan bog'liq vaziyat yomonlashdi, buning natijasida arxipelagga 39,9 ming migrant keldi. Bu 2022-yilga nisbatan 154,5 foizga ko'pdir. Joriy yilning 1-yanvaridan 15-iyuniga qadar orollarga deyarli 20 mingga yaqin noqonuniy muhojir keldi, bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 221 foizga ko'pdir, deb xabar beradi report.az.