Davlat stipendiyasi respublika davlat OTMlarining quyidagi yoʻnalishlari oxirgi ikki kursida taʼlim olayotgan bakalavriat bosqichi talabalariga tayinlanadi:
dastgohli rangtasvir;
rangtasvir (turlari boʻyicha);
grafika va miniatyura;
haykaltaroshlik (turlari boʻyicha);
amaliy sanʼat (turlari boʻyicha);
dizayn (turlari boʻyicha);
sanʼatshunoslik va muzeyshunoslik (turlari boʻyicha).
Davlat stipendiyasi Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalariga asosan tayinlanadi.
Eslatib oʻtamiz, Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi Prezidentning 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori bilan taʼsis etilgan.
Hujjat haqidagi toʻliq maʼlumot bilan www.lex.uz sayti orqali tanishish mumkin.