Qayd etilishicha, unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi mikst dasturida bronza medaliga sazovor boʻldi.

Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova juftligi dastlab Moldova, soʻng chorak finalda Niderlandiya vakillarini magʻlubiyatga uchratdi. Biroq yarim finalda gruziyalik sportchilar hamyurtlarimizdan ustun kelishdi. Bronza medali uchun bahsda esa Germaniya jamoasi 5:3 hisobida dogʻda qoldirildi.