Xokkeyda Kanada terma jamoasi amaldagi chempion AQSHni 3:2 (2:0, 1:1, 0:1) hisobida magʻlub etib, 24-Qishki Olimpiada chempioniga aylandi.
Kanadaliklar tarkibida Mari-Filip Pulen dubl muallifiga aylandi. Yana bir shayba Sara Nurs hisobiga yozildi. AQSH tarkibida kiritilgan gollarga Xilari Nayt va Amanda Kessel mualliflik qilishdi.
Taʼkidlash joiz, Mari-Filip Pulen 4 ta Olimpiada finalida darvozaga shayba kiritgan tarixdagi birinchi xokkeychiga aylandi. Pulen shuningdek, Kanada terma jamoasining Olimpiada ochilish marosimidagi bayroqdori ham boʻlgandi.
Togʻ changʻi sportining superkombinatsiyasida esa shveysariyalik Mishel Gizin eng yaxshi natija bilan Olimpiada chempioniga aylandi. Uning vatandoshi Vendi Xoldener kumush, italiyalik Federika Brinyone bronza medalini qoʻlga kiritdi.