Kun tartibida — savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, mamlakatlarimiz qoʻshma texnologik loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishi mumkin boʻlgan salohiyatli sohalarni koʻrib chiqish masalalari oʻrin olgan.
“Kanada va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda hali foydalanilmagan ulkan salohiyat mavjud. Shubhasiz, biz uni tizimli ravishda amalga oshirish uchun barcha saʼy-harakatlarimizni qilamiz”, — dedi Alan Hemson.
Uchrashuv yakunida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari va mexanizmlarini batafsil ishlab chiqish maqsadida kelgusidagi hamkorlik formati kelishib olindi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.