Air Canada reysi Londonning Xitrou aeroportiga uchayotgan edi. Samolyot uchish-qo'nish yo'lagidan ko'tarilgan, shundan so'ng osmon yorug' bo'lib ketgan va samolyotni yashin urgan. Hodisa paytida Boeing 777-300 samolyotida 550 nafar yo'lovchi bo'lgan.
Mahalliy uchuvchining so'zlariga ko'ra, avialaynerga o'rnatilgan maxsus yashinga qarshi tizim tufayli fojianing oldi olingan, deb xabar beradi report.az.