Lavozimni Ueyn Eyridan Jenni Karinyanga topshirish marosimi 18-iyul kuni bo'lib o'tdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Kanada mudofaa shtabi boshlig'i general Ueyn Eyri 2021-yildan buyon mazkur lavozimda faoliyat yuritib kelmoqda.
Bunga qadar Jenni Karinyan Suriya, Iroq, Afg'oniston hamda Bosniya va Gersegovinada xizmat qilgan va o'zining sodiq va beqiyos xizmatlari uchun ko'plab mukofotlarga, jumladan, “Buyuk xizmat” medali va xuddi shu nomdagi xochga sazovor bo'lgan, deb xabar beradi centralasia.media.