JCh-2023 favoritlari turnir finalida ikki marta hisobda orqada qolishdi, ammo o'yinda urilgan yettita gol bilan g'alabani tortib olishga muvaffaq bo'lishdi.
Uchrashuvning 8-daqiqasidayoq Germaniya hisobni ochdi: 21 yoshli Jon-Jeyson Peterka o'z zonasidan jamoadoshining uzoq uzatmasidan so'ng gol urdi.
3 daqiqadan so'ng Kanada vaziyatni o'ngladi: Germaniya terma jamoasi himoyachilari shayba uchun kurashda sust o'ynashdi, Samuel Bleyz esa shaybani darvozaning bo'sh burchagiga joylay oldi – 1:1.
Uchrashuvning 34-daqiqasida yevropaliklar yana gol urishdi – Daniel Fishbux raqib darvozasi oldida muvaffaqiyatli o'ynadi shaybani darvozaga joyladi (2:1).
Kanadada yana gol bilan javob qaytardi. Golni hujumchi Louson Krauz kiritdi.
Keyin shimoliy amerikaliklar hisobda oldinga chiqib olishdi. Uchrashuvning 45-daqiqasida Blayt shaybani darvozaga yo'lladi (2:3).
7 daqiqadan so'ng hisob 2:4 bo'ldi. Kanada terma jamoasi sardori Tayler Toffoli darvozabonga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida nemis jamoasi darvozabonni almashtirdi, biroq tarixda ilk bor chempionlikni qo'lga kirita olmadi, deb xabar beradi tengrinews.kz.
Skott Louton beshinchi golni bo'sh qolgan darvozaga yo'lladi – 2:5.