Kanadada ayiq avtomashinani buzib, 69 quti gazlangan suv ichdi

    Voqea Britaniya Kolumbiyasida sodir bo'lgan. Kanadada istiqomat qiluvchi Sherol Rosel tunda mashinasida 72 dona gazlangan suv idishlarini qoldirgan.

    Kechasi u shovqindan uyg'ongan va yirtqich hayvonning mashinani ag'dar-to'ntar qilayotgani uy derazasidan ko'rib qolgan. Qora ayiq 72 ta suv idishidan faqat uchtasini teginmagan holda qoldirdi – ular parhezbop ichimliklar edi. Ayol balkondan turib, bir yarim soat davomida ayiq idishlardan ichimliklarni ichgani, kabinaga ham to'kib tashlagani kuzatib turdi.

    Avtomashinaning o'rindiq qoplamasi, oyna ko'targich va uzatma dastagi shikastlangan, deb xabar beradi mir24.tv.