Qurilma yangi optik texnologiyaga asoslangan bo'lib, bitta o'ta tezkor lazer impulsi yordamida yuzdan ortiq kadrlarni olish imkoniyatiga ega. Kamera olimlarga femtosekundlarda – soniyaning kvadrilliondan birida sodir bo'ladigan hodisalarni yozib olish imkonini beradi. Texnologiya komp`yuter xotirasining yangi texnologiyalarini yaratishdan tortib, ultratovush bilan davolash usullarigacha bo'lgan turli sohalarda qo'llanilishi mumkin.
Kvebekdagi Milliy ilmiy tadqiqot instituti vakillari yangi universal vizualizatsiya tizimi ilgari erishib bo'lmaydigan ko'plab hodisalarni ko'rishga yordam berishini ta'kidlashdi, deb xabar beradi mir24.tv.