Kanadada Oʻzbekiston Bosh konsulxonasini ochilishi mumkin

    Kuba bilan sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlik aloqalari kengaytiriladi.

    Bu haqda muhokamaga qoʻyilgan 2025-yilga moʻljallangan davlat dasturi loyihasida keltirilgan.

    Unga koʻra, Kanada, Braziliya va Kuba bilan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundlari tashkil etiladi.

    Shuningdek, Braziliya, Kanada, Argentina va boshqa yetakchi davlatlarning salohiyatli kompaniyalarini Oʻzbekistonga jalb qilish orqali qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va turli iqtisodiy tadbirlar tashkil etish masalasi ishlab chiqiladi.

    Xususan, Kuba bilan sogʻliqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlik aloqalari kengaytiriladi.

    Lotin Amerikasida qishloq xoʻjaligi sohasi rivojlangan mamlakatlarning mutasaddi vazirlik va davlat idoralari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatiladi va oʻzaro tajriba almashiladi.