Kanadada uy ayvoniga meteorit tushishi tasvirga tushib qoldi

    Marshfilddagi xususiy mulkning xavfsizlik kameralari uy ayvoniga meteorit qulab tushgaganini qayd etdi.

    Bu haqda CBC News telekanali xabar berdi.

    “Men uchun eng hayratlanarlisi shundaki, u qulashidan bir necha daqiqa oldin u yerda turgan edim”, dedi telekanalga uy egasi.

    Kadrlarda ayvonda chang buluti paydo bo'layotgani va kuchli zarba ovozi aks etgan. Hodisadan keyin uy egasi tadqiqotchilarga berish uchun meteorit qoldiqlarini yig'ishni boshladi, deb xabar beradi tass.ru.

    Alberta universiteti olimining ta'kidlashicha, bu holat noyobdir, chunki meteorit tushishi ovozi va tasvirini yozib olishga erishildi. “Bu biz ilgari eshitgan narsa emas. Ilmiy nuqtai nazardan, bu yangi narsa”, ta'kidladi mutaxassis.