Bu haqda The Globe and Mail nashri chop etgan maqolada aytiladi.
Qayd etilishicha, muhokamalar endigina boshlangan, biroq bu ular rasmiy reglamentga o'tmaydi, degani emas, chunki qo'shni davlat hududiy da'volarini ochiq e'lon qilgan hozirgi sharoitda Kanada o'z xavfsizligi haqida o'ylashi kerak, deb yozadi nashr.
Ko'pchilik qurolli kuchlarni kuchaytirish kerak, deb hisoblaydi, ammo bu yetarli bo'lmasligi mumkin.
Kanada katta hududga ega davlat, ammo uning armiyasi atigi 65 000 kishini tashkil qiladi.
Nashrning ta'kidlashicha, bir paytlar imkonsiz bo'lib tuyulgan narsa endi dolzarb savolga aylanib bormoqda: Kanada yadroviy qurol yaratish haqida o'ylashi kerakmi?
“Imkoniyatlar oynasi ochilmoqda. NATO ittifoqchilari o'z xavfsizligi va Yevropa xavfsizligi uchun yadroviy pozitsiyasini qayta ko'rib chiqmoqda. Polsha yadroviy qurolga ega bo'lish imkoniyatini ko'rib chiqishga ochiq ishora qildi. So'nggi yillarda Germaniyada yadroviy qurollar bo'yicha munozaralar bo'lib o'tdi va ular ehimol qayta tiklanishi mumkin. Kanada Yevropadagi ittifoqchilari bilan kelishib olayotgan o'zining yaroviy potensialini rivojlantirishi mantiqan to'g'ri va Rossiyani to'xtatib turuvchi omil bo'lishi, bir vaqtning o'zida sobiq do'sti Qo'shma Shtatlarga qarshi xavfsizlikni ta'minlashi mumkin, deb yozadi mualliflar.
Ba'zi kanadalik siyosatchilar allaqachon bu yangi haqiqatni anglab etmoqda. Xristya Friland Liberal partiyaga rahbarlik qilgan davrda Buyuk Britaniya Kanadani AQShdan ehtimoliy tahdidlardan himoya qilish uchun yadro quroli bilan ta'minlashi mumkinligini aytgandi. Biroq, bu g'oya jiddiy kamchiliklarga ega. Birinchidan, u Rossiya va Xitoydan kelayotgan potensial tahdidni hal qilmaydi. Ikkinchidan, Buyuk Britaniya yadro arsenali Amerika Trident tizimi bilan chambarchas bog'liq va shuning uchun to'liq mustaqil emas. Bundan tashqari, Vashington istalgan vaqtda bu hamkorlikni to'xtatishi mumkin, deb xabar beradi korrespondent.net.